Foydalanish shartlari


Kuchga kirish sanasi: 10 oktyabr 2025

Ilova: AIBA — AI Business Assistant (“Ilova”)

Operator: Artificial Intelligence Business Assistant MChJ (INN: 312343967)

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sharof Rashidov 20A, 100000

Tel: +998 71 200 22 12 Email: info@aiba.uz


1. Umumiy qoidalar

Ushbu Foydalanish Qoidalari (“Qoidalar”) AIBA mobil ilovasidan foydalanish tartibini belgilaydi.

Ilovadan foydalangan holda, siz ushbu Qoidalarni o‘qib chiqqan, tushungan va ularga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

Ilova AI yordamchi, hujjat almashish, hisob-kitob, kalendar va E-IMZO imzolash funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Ilovadan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.


2. Xizmat tavsifi

AIBA — bu AI Business Assistant bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  1. Sun’iy intellekt asosida AI yordamchi chat funksiyasi
  2. Hujjat almashish va tahlil tizimi
  3. AI kalendar (Google Calendar / iCloud bilan sinxronlash)
  4. E-IMZO orqali hujjat imzolash
  5. AI asosidagi biznes tahlil va hisob-kitob xizmati

Xizmatlar pullik subscription (obuna) asosida taqdim etiladi. Narxlar, to‘lov tartibi va muddatlar ilova ichida yoki rasmiy veb-sahifada e’lon qilinadi.


3. Tizimga kirish

Foydalanuvchi ilovada telefon raqami orqali kiradi. Parol serverda heshlangan (shifrlangan) shaklda saqlanadi.

Foydalanuvchi:

  1. o‘z hisobining maxfiyligini ta’minlashi,
  2. login ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermasligi,
  3. o‘z hisobidan amalga oshirilgan harakatlar uchun shaxsan javobgar bo‘lishi lozim.

18 yoshdan kichik shaxslarga xizmatlardan foydalanish taqiqlanadi.


4. Foydalanuvchi huquqlari va majburiyatlari

Foydalanuvchi huquqlari:

  1. Ilova xizmatlaridan qonuniy asosda foydalanish;
  2. Shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rish, tahrirlash va o‘chirish;
  3. Obunani bekor qilish yoki yangilash;
  4. Ilova yordam xizmatiga murojaat qilish.

Foydalanuvchi majburiyatlari:

  1. Faqat haqiqiy va to‘liq ma’lumotlarni kiritish;
  2. Ilovadan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish;
  3. Ilovaga zarar yetkazuvchi yoki noqonuniy harakatlarni sodir etmaslik;
  4. Uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmaslik (masalan, hujjat, imzo, kontent orqali).


5. Operatorning huquqlari

AIBA MChJ quyidagi huquqlarga ega:

  1. Ilova funksiyalarini o‘zgartirish, yangilash yoki to‘xtatib turish;
  2. Texnik yoki xavfsizlik sabablari bilan xizmatni vaqtincha cheklash;
  3. Foydalanuvchi tomonidan Qoidalar buzilgan taqdirda hisobni bloklash;
  4. Xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tizimdagi jarayonlarni avtomatik tahlil qilish (AI orqali).


6. Integratsiyalar va tashqi tizimlar

Ilova quyidagi tashqi tizimlar bilan integratsiyalashgan:

  1. Google Calendar — foydalanuvchi kalendar ma’lumotlarini sinxronlash uchun;
  2. iCloud Calendar — iOS qurilmalarda tadbirlarni bog‘lash uchun;
  3. E-IMZO tizimi — hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan imzolash uchun;
  4. AISHA — ovoz va matn o‘rtasida avtomatik o‘giruvchi tizim.

Tashqi tizimlarga ulanish foydalanuvchining roziligi asosida amalga oshiriladi.

AIBA ushbu tizimlarning ishlash sifatiga yoki ularning siyosatlariga javobgar emas, lekin foydalanuvchining ma’lumotlarini faqat xizmatni ta’minlash maqsadida ishlatadi.


7. Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik

Foydalanuvchining ma’lumotlari Maxfiylik siyosati (Privacy Policy) asosida himoyalanadi.

Barcha ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi, faqat foydalanuvchining roziligi yoki qonuniy talab asosida taqdim etilishi mumkin.

ERI kalitlari shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi va faqat egasi identifikatsiyasidan so‘ng ishlatiladi.


8. Mas’uliyatni cheklash

  1. Operator xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qiladi, ammo texnik nosozliklar, tarmoq uzilishlari yoki uchinchi tomon xatoliklari uchun to‘liq javobgar emas.
  2. Operator foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarning mazmuni uchun javobgar emas.
  3. AI tizimi tomonidan berilgan natijalar (tahlillar, tavsiyalar) axborot maqsadida taqdim etiladi va ularni qaror sifatida qabul qilish foydalanuvchining javobgarligida.


9. Hisobni o‘chirish

Foydalanuvchi hisobini:

  1. Ilova ichidagi “Hisobni o‘chirish” bo‘limidan,
  2. Yoki info@aiba.uz elektron pochtasiga yozma so‘rov yuborish orqali o‘chirishi mumkin.

Hisob o‘chirilgach, tizimga kirish yopiladi, barcha shaxsiy ma’lumotlar 10 ish kuni ichida serverlardan o‘chiriladi.


10. Nizolarni hal etish

Nizolarni hal etish birinchi navbatda kelishuv yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kelishuvga erishilmasa, masala O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Toshkent shahar sudlarida ko‘rib chiqiladi.


11. O‘zgartirishlar

AIBA ushbu Qoidalarni va xizmat shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlaydi.

Yangi tahrir ilova ichida yoki rasmiy veb-sahifada e’lon qilingach kuchga kiradi.


12. Bog‘lanish uchun

Operator: Artificial Intelligence Business Assistant MChJ

Manzil: Toshkent sh., Sharof Rashidov 20A

Tel: +998 71 200 22 12

Email: info@aiba.uz

Veb: https://aiba.uz